Better Work dasturi joriy yilning may oyida O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi. Uni amalga oshirish jarayonida bir qator seminar va treninglar o‘tkazilib, unda dastur mutaxassislari tomonidan soha korxonalarining talab va takliflari aniqlandi.
10 noyabr yakunlari bo‘yicha Toshkentdagi Better Work ofisi, “O‘zto‘qimpchiliksanoat” uyushmasi va yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu dasturga qo‘shilishni rejalashtirgan 10 ta korxona o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yangi korxonalar uchun avvalgi tadqiqotlarni hisobga olgan holda dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi va hamkorlik istiqbollari, o‘qitish bosqichlari, XMT konventsiyalari va milliy qonunchilikka muvofiq korxonalar ishining mehnat va ijtimoiy qismini baholash muhokama qilindi. Better Work dasturi loyiha davomida korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Uchrashuvda Ahsan Apparel, Jizzax Toshtepa Tekstil, SMSHD Tex, ISTIQLOL TEXTILE DIZAYN, Yustex, Chirchiq Mega Biznes, Xojaobod fayz M, Imron textile Group, Narimteks, Nil Granit korxonalari ishtirok etdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




