Sizga bangladeshlik hamkorimiz tomonidang nashr etiladigan “Apparel Digest” jurnali obzorini taqdim etamiz.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini uchun muhim voqea haqida jurnalning 26-betida “Another Milestone for Uzbekistan Apparel Industry: Tne “Better Work Programme” Starts Its Journey” maqolasida O‘zbekiston uchun Better Work dasturi nima berishi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik haftaligi tadbirlari ham bangladeshlik hamkorning nuqtai nazaridan keng yoritib berilgan.
Xozirgi kunda barcha ishlab chiqarish sohalar uchun atrof-muhitni muhofaza qilishda dolzarb bo‘lib kelayotgan Bangladeshning tikuv sohasida tsirkulyarlik masalasi yechimi jurnalning 1-chi betidagi “Circularity is a Must for RMG to Care Environment” maqolasida yoritilib berilgan.
Keyingi “ITMF’s 20th Global Textile lndustry Survey (Mau 2023)” maqolasida Xalqaro ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (ITMF) ning Bosh direktori Kristian Shindler va direktori Olivye Zishank tomonidan jahon miqyosida to‘qimachilik sanoatida ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq o‘zgarishlar, iqtisodiyot uchun ta’sirlari, sanoatning barcha bosqichlarida yuzaga kelgan vaziyatlar, dunyoning barcha hududlarda sanoat qay darajada o‘sganligi haqida batafsil obzor berilgan.
Yana bir soha – raqamlashtirish – hayotimizning ajralmas qismidir. To‘qimachilik sohasida raqamlashtirilgan marketing yoki boshqacha qilib aytganda onlayn marketing masalasi “Digital Marketing for Apparel Business” maqolasida keng yoritilib berilgan. O‘z biznesingizni yangi zamonaviy darajada – onlayn tarzda olib bormoqchimisiz, unda ushbu maqola bilan tanishing.
Barchaga ma’lumki, Bangladesh o‘zinig jutni qayta ishlab chiqarishi bilan mashhur. Jut – paxta tolasi kabi tabiiy hisoblanadi va albatta sintetik tolalarga qaraganda qator afzalliklarga ega. Batafsil bu haqda “Tne Opulent Heritage of Jute, Which has been Relegated to Obscurity; Warrants Renewed Appreciation” maqolasida tanishishingiz mumkin.
Biz uchun yangi, o‘rganilmagan bozor – Avstraliya bozori, uning salohiyati, mahsulotlar turi uchun talablari va boshqa masalar “Australia Turns Billion Dollar Market for RMG Exporters” maqolasida keltirilgan. Albatta O‘zbekistonga qaraganda Bangladesh uchun yaqinroq bo‘lgan Avstraliya u davlat uchun jozibador bozor sifatida o‘rin tutadi. Biroq, biz uchun ham Avstraliya haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishimiz foydalidir.
Barcha davlatlarda, barcha sohalarda eng muhim masala – bu ishchi-xodimlar masalasidir. “Offer a Sustainable Wage Structure for RMG Workers” maqolasida muallif Bangladesh soha korxonalarida Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalariga muvofiq yangi maosh tuzilmasi taklifi bermoqda.
Moda industriyasi professionallari uchun “Predicting the Nature Of Fashion Industry with Artificial Technology” maqolasi jadal qadamlar bilan o‘zgarayotgan moda industriyasida sun’iy intellekt o‘rni ko‘rib chiqilgan va kelajakda bizni qanday moda tendentsiya va trendlari kutishini prognozlashtirish imkoniyatlari taqdim etilgan.
Muslin matosi tarixi, turlari, xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonlari bilan “Revival of Elite Fabric Muslin Showing a New Nore” maqolasida batafsil yoritilgan bo‘lib, xozirgi vaqtda Bangladeshda uni ishlab chiqarishga bo‘lgan umid va rejalari bilan tanishishingiz mumkin.
Barqaror, ijtimoyi mas’uliyat va ishchi-xodimlar haq-huquqlari. Bu borada butun dunyo bo‘ylab xozirgi kunda ko‘p muhokamalar olib borilyapti, qator ishlar va loyihalar amalga oshirilyapti. Bangladeshda ham mazkur masalaning muhimligi hisobga olinib, Bangladesh kiyim ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari assotsiatsiyasi (BGMEA) Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda “Mas’uliyatli biznes- xab” (Responsible Business Hub (RBH)) loyhasini ishga tushirdi. Respublikamizda to‘qimachilik sohasida ham ushbu masalaga katta e’tibor qaratilmoqda. Bahorda “To‘qimachilik sanoatida ijtimoiy tadbirkorlik forumi” bunga dalil sifatida keltirilishi mumkin.
Quyidagi havola bo‘yicha jurnal bilan to‘liq tanishishingiz mumkin: https://appareldigest.com/the-apparel-digest-22nd-monthly-issue-june-2023/
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




