BMTning Global kelishuv tashabbusi xususiy sektorda korporativ ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish tamoyillarini (CSR, ESG) joriy kilishga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro tashabbus hisoblanadi.
Hozirda dunëning 160 dan ortik davlatlardagi 15 mingdan ziyod kompaniyalar, 4 ming NNTlari, 70 dan ortik biznes – tarmoklarini birlashtiradi.
Mazkur tashabbus kuyidagi instrumentlar orqali xususiy sektorga ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, “yashil” texnologiyalarni ishlab chikish va joriy kilishni rag‘batlantirish, ijtimoiy mas’ul tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha ko‘maklashadi:
– xorijiy ekspert jalb qilish orkali ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini faoliyatga tatbik kilish;
– xalkaro biznes inkubator va akseleratorlari orkali tadbirkorlik faoliyatini transformatsiya kilish va investitsiya jalb qilish;
– xalkaro tadbirlar orkali xorijiy katta kompaniyalar bilan hamkorlik alokalarini o‘rnatishga ko‘maklashish ;
– BMT Global kelishuv akademiyasida malaka oshirish, tajriba almashtirish.
– tashabbusning xalkaro ekspertlardan iborat doimiy faoliyat yurujamoasini xususiy sektor barkaror rivojlanish transformatsiyasi bo‘yicha islohotlarga jalb qilish, ularning bevosita korxonalar bilan ishlashi.
– tashabbus tomonidan o‘tkaziladigan xalkaro darajadagi tadbirlar orkali nufuzli tadbirkorlar va rivojlantirish tashkilotlarini jalb kilish, ular bilan mahalliy korxonalarning hamkorligini o‘rnatishga ko‘maklashish;
– iktisodiëtda ekologik , ijtimoiy va korporativ boshkaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va unumdorligi yukori bo‘lgan texnologiyalarning ko‘payishini rag‘batlantirish;
– xususiy sektorda “yashil” texnologiyalarni joriy va barqaror tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish.
Ma’lumot uchun: Tashabbusga hozirgi vaktda O‘zbekistondan 6 ta korxonalar qo‘shilgan: “Anglesey Food” (Korzinka), “Artel”, “Silverleafe”, “HR Capital Consulting”, O‘zbekiston oziq – ovqat sanoati uyushmasi hamda “British Management University”.
Mazkur tashabbusga ko‘shilish to‘lovi yillik aylanmasi 50 mln.doll.gacha bo‘lganlar uchun bepul , ushbu miqdordan oshganlarga esa 2,5 ming doll.ni tashkil qiladi.
Yukoridagilardan hamda xususiy sektorni “yashil” o‘sish tamoyillari asosida rivojlantirish va xalkaro bozorga integrattsiya qilish muhimligidan kelib chikib, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarni ushbu dasturga a’zo bo‘lishga chaqiradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




