Mamlakatimiz rahbarining tadbirkorlik va biznesni qo‘llab quvvatlash hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan olib borilayotgan izchil siyosatlari natijasi o‘laroq 2011 yilda tashkil qilingan “BONITO KIDS” brendi o‘z oldiga 0-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimini ishlab chiqarish va eksportga chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Mazkur brend 2011 yilning o‘zida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifati jahon bozori talablariga to‘la mos kelishi va xaridorgirligi bilan chet el bozorlarida o‘zining munosib o‘rnini egallagan bo‘lib, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab kundan kunga oshib bormoqda.
Hozirgi kunda “BONITO KIDS” brendi ostida faoliyat yuritayotgan “Original Textile and Print”, “Bonito Grup” hamda “Altus Omega” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida 2,5 gektarlik ishlab chiqarish maydonida 850 nafarga yaqin ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan.
2016 yildan ushbu brend bilan nafaqat trikotaj, balki jinsi va tkasskiy matosidan, sintetik plashevkadan bolalar va kattalar uchun kiyim-kechaklar mahsulotlarini, shu jumladan birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatlikiyimlarini, kurtkalar, kombenizonlar, sportivkalar va shu kabi murakkab operatsiyali kiyim kechaklarni ishlab chiqarishni hamda 2019 yildan boshlab oyoq kiyim mahsulotlarini ham ishlab chiqarish va xaridorlarga yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida “BONITO KIDS” brendi tanilgan savdo belgisi hisoblangan bo‘lib, RF hududida Savdo uyi va uning 45 ga yaqin sotuv nuqtalariga ega hamda biz tomonimizdan 2020 yilda “BONITO KIDS” brendi ostida 15.0 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilindi.
Shu bilan birga, 2021 yil uchun Rossiya Federatsiyasidagi o‘z savdo uyimiz (OOO TD «Bonito-Teks») tomonidan 21.0 mln. AQSh dollari miqdorida buyurtmasi mavjud.
Hozirda mazkur buyurtmalarning yanada oshishi hamda “BONITO KIDS” brendining dunyo bozorida mustahkam o‘rnashishligi uchun korxonalarimizda moda va talablaridan kelib chiqib shu soha bo‘yicha yetakchi malakali dizaynerlar, konstruktorlar va modelyerlar faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




