“Bunyodkor textile” MCHJ korxonasi Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Buxoro yo‘li ko‘chasida joylashgan. Korxona loyihalari 2022 yil 2-chorakda to‘liq ishga tushgan bo‘lib, hozirgi kunda mingga yaqin ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. Korxona umumiy maydoni 9,4 gektar, shundan bino va inshoatlar hamda ishlab chiqarish 3,8 gektar maydonga joylashgan.
Korxonaning asosiy faoliyat turi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qaritilgan bo‘lib, yillik quvvati 5,9 ming tonna ip kalava, 10 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari, 4 ming tn. trikotaj mato, 10 mln.kv.m. ip gazlama ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Korxona fabrikalari hozirgi kunga qadar zamonaviy va xalqaro standartlarga javob beradigan Germaniyaning “Truetzchler”, “Terrot”, Yaponiyaning “Murata”, “Juki”, Belgiyaning “Picanol”, Turkiyaning “Temsan” kabi texnologik asbob-uskunalar o‘rnatiladigan.
Korxona 14,0 mln.dollarlik eksport salohiyatiga ega bo‘lib, joriy yilning I yarmida 6,5 mln. dollarlik Rossiya, Turkiya va Yevropa davlatlariga eksportni amalga oshirgan.


O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




