To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati jadal rivojlanib kelayotgan bir paytda, xom ashyoni chuqur qayta ishlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, hududlar aholisining farovonligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalari hisoblanadi.
Joriy yilning o‘tgan 4 oy davomida umumiy qiymati 217,0 mln dollar bo‘lgan 15 ta yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari ishga tushirildi va natijada ushbu fabrikalarda 9600 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bunday loyihalar aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida “Aqtuba Textil Group” MCHJ (500 ta ish o‘rin), Beruniy tumanida “Rayxon Apparel” MCHJ (500 ta ish o‘rin), Andijon viloyati Jalaquduq tumanida “Jalaquduq klaster agroservis” MCHJ (1000 ta ish o‘rin), Bo‘ston tumanida “Sayyora favvorasi” MCHJ (1000 ta ish o‘rin), Andijon tumanida “Best Impeks Textile” (2000 ta ish o‘rin), Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Kitob Ip Yigiruv” AJ (320 ta ish o‘rin), Dehqonobod tumanida “Dexqonobod tekstil” MCHJ (300 ta ish o‘rin), Namangan shahrida “Balanse Tex” MCHJ (610 ta ish o‘rin), Termiz shahrida “Indenim tekstil” MCHJ (200 ta ish o‘rin), Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida “Global Textile Infinity”, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida “Koba teks” MCHJ (350 ta ish o‘rni), Xonqa tumanidagi “Xorezmteks Feyshn” MCHJ (350 ta ish o‘rni) chekka hududlarda ishga tushirilgan bo‘lib, korxonalarda mahalliy aholining xotin-qizlari doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, ushbu korxonalarda jahon talablariga mos erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.
Ushbu loyihalarni amalga oshirilishi natijasida hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ortishiga, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishiga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda chekka hududlarda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga zamin yaratildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




