“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi buyurtmasi bilan “Advantage Central Asia” xorijiy kompaniyasi tomonidan o‘zbek paxtachiligi va to‘qimachilik salohiyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film va videoroliklarni suratga olish ishlari boshlandi.
Yevropada taniqli bo‘lgan mazkur mediakompaniya rahbari Dmitriy Rodinning aytishicha, media va videomateriallarda klaster usulida mahsulot yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash, O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatidagi yutuqlari va eksport salohiyati, shuningdek, mehnatkash o‘zbek xalqi hayoti, tadbirkor va dehqonlar faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Suratga olish ishlari Toshkent viloyatidagi “TST Cluster” klasterida boshlandi. Film ijodkorlari suratga olishni Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida davom ettirishadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








