Joriy yilning 23 fevral kuni Novastan.org – (Yevropaning yagona ommaviy axborot vositasi) markaziy Osiyo bo‘yicha jurnalistlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga tashrif buyurishdi.
Mazkur jurnalistlar yengil sanoat sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish uchun Tashqi ishlar vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xamroxligida to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalariga olib borildi. Xususan Toshkent shahrida joylashgan “Global textile solution” MCHJ (kalava ip ishlab chiqarish) hamda “Irodat” MCHJ (tayyor tikuv trikotaj) fabrikalariga olib borilib paxta xom ashyosidan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. Shu bilan birga korxonalar tomonidan ishchilarga yaratilgan barcha shart sharoitlar hamda korxonaning bugungi va kelajakdagi rejalari, va qo‘lga kiritgan (OEKOTEX, BSCI, BCI hamda SEDEX) xalqaro sertifikatlari kabi bilan tanishildi.
Korxonalarga tashrifdan so‘ng “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari M.Djumaniyazov bilan uchrashib uyushmaning respublikadagi pozitsiyasi, vazifalari hamda kelajakdagi maqsadlari haqida taqdimoti bilan tanishishdi. Uchrashuv so‘nngida taraflar xamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Novastan.org- Yevropaning yagona OAVmarkaziy Osiyo xududidagi onlayn nashriyot markazi.Parij va Berlinda joylashgan Novastan kompaniyasi 2011 yilda Qirg‘iziston Respublikasi, Bishkek shahrida joylashgan. 2018 yil iyul oyida Frantsiya va Germaniya da ommaviy axborot vositalari uyushmasi a’zoligiga olingan. 2020-yil mart oyida Novastan, Frantsiya xukumati tomonidan onlayn matbuot nashriyotchisi sifatida tan olingan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




