— “Fratelli Casa” hozirda butun O‘zbekistonda ommabop o‘zgacha uslubda va alohida dizaynga xos yoshlar uchun trend hisoblangan brend hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida ushbu brend o‘z iste’molchisini topishga ulgurdi. Korxonaning tashkil etilish tarixi qanday kechgan? “Fratelli Casa” brendi shu darajaga erishguncha nimalardan o‘tdi?
— Brendimiz 2006 yili tashkil etilgan. 3 yil faqat buyurtma asosida ishlab kelganmiz. 2009 yilda o‘zimizni ishlab chiqarishimizni boshlaganmiz. Boshida strategiya yuk edi. Asosan bir xil tipdagi erkaklar futbolkasini tikar edik. Faqat kiyim bozorida savdo qilar edik. Raqobat narx ustida o‘zgara boshladi. 2012 yilda bozorda sotishni to‘xtatdik. Do‘konlar bilan ishlashni boshladik. Ayollar uchun xam kiyimni ishlab chiqarishni boshladik. Lekin o‘sha payt xam aniq bir strategiya yuk edi. Bu ko‘pchilikning eng katta xatosi. Man uchun xar bir brend o‘zini strategiyasi, aniq bir yo‘nalishi va bozordagi o‘z o‘rniga ega bo‘lish kerak. Bo‘lmasa mag‘lubiyatga uchrash mumkin.
2015 yilda bizni bir podiumiga taklif qilishdi. Podium kollektsiyadan tashqari savdo yarmarkasi xam bor edi. Talab faqat milliy yo‘nalishdagi kiyimlar bo‘lish kerak edi. 1 kun vaqtimiz bor edi. 24 soat ichida xar xil fasonlar yaratish kiyin masala edi. Shunda bir g‘oya keldi. Milliy naqshlarni futbolkalarga tushirdik. Qo‘rqib 100 dona qilgan edik. 1 soat ichida sotib tugatib qo‘ydik. Bu biz uchun katta belgi bo‘ldi. O‘sha kun biz uchun bir yo‘nalish berdi. Biz moda emas balki emotsiya sotishimiz mumkinligini tushundik.
Bizning maqsadimiz 10 yildan keyin Fratelli Casa qanday brend deyilganda aniq bir ta’sirot bo‘lish kerak. Hozir bizning mahsulotlarimizda milliy naqshlar aks ettirilgan zamonaviy kiyimlardir. Va odamlar bizni shu yo‘nalish bilan bog‘lashadi. Bu bizning asosiy maqsadimiz edi. Mahsulotlarimizni chet elga sovg‘a uchun xam ko‘p xarid qilishadi. Saytimiz orqali hozir butun dunyoga sotamiz. Asosan bizga buyurtmalar AKSh, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Germaniya davlatlaridan tushadi.
— Bilamizki, ko‘plab mahalliy ishlab chiqaruvchilar aynan eksportga qaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishadi va ularni ichki iste’molchi aksariyat holatda bilmaydi. “Fratelli Casa” brendida esa aksincha – promoaktsiyalar aynan avvalo ichki bozorga qaratilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad nima? Yoki tashqi raqobat kuchlikmi?
— Ko‘p fabrikalar tayyor buyurtma asosida kiyim ishlab chiqarib eksport qilishadi. Biz esa uz kollektsiyamizni eksport qilishimiz kerak. Bizning narxlar eksport bob arzon emas. Bizning maqsadimiz O‘zbekistonda hamma taniydigan va katta muvaffaqiyatga erishgan brend bo‘lish. Keyin chet elda o‘z do‘konlarimizni ochish rejalarimiz bor. Karantindan oldin biz Nyu Yorkning Bruklinida do‘kon topgan edik. Yozgacha do‘kon ochish rejamiz bor edi. Asosiy mijozlarimiz bu bizning chet elda yashab kelayotgan xamyurtlarimiz. Chet elga chiqadigan kollektsiyamiz xam faqat milliy naqshlar bilan bezatilgan kiyimlar buladi.
— Dizayn borasida “Fratelli Casa” o‘zgacha milliy va zamonaviylikni umumlashtirgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu hozirda trend, va yoshlar orasida katta urf bo‘lgan. Mahsulot dizaynini yaratishda nimalarga e’tibor berasiz, yoki kimlar bilan maslahatlashasiz?
— Yurtimizning milliy naqshlari dunyoda katta talabga ega bo‘lyapti. Bu bizga juda kulay kelyapti. Biz asosan hozir shu naqshlarga va yeshlar orasidagi trend kiyimlarga urg‘u beramiz. Agar mahsulot zamonaviy bo‘lib, uzgacha bezatilgan bo‘lsa va boshqalardan farqli bo‘lsa uni sotish osonroq. Biz hozir naqsh tarixiga va tariximizni kiyimda aks ettirishga harakat qilyapmiz. Yaqinda shunaqa kollektsiyamiz chiqadi. Masalan do‘ppi naqshi bor kiyimlarimiz juda katta talabda. Maqsadimiz ko‘proq fasonga emas ko‘proq noyoblikka urg‘u berish. Ko‘p dunyo brendlari xam buni qilishadi. Shaxsan man ETRO brendini ko‘pdan beri kuzatib kelaman.
— Shaxrux Kayumov – tadbirkor, bloger, teleboshlovchi, oila boshlig‘i – bu ishlarni barchasiga ulgurishning o‘zi qiyin masala. Taym menejmenti – ya’ni vaqtdan oqila foydalanishda nimalarga e’tibor berasiz? Sevimli kitoblaringiz bormi?
— Men korxonamizda ko‘proq strategman. Vazifalarni to‘g‘ri taqsimlab, kerakli xodimlarimga real KPI qo‘yaman. Sevgan kitoblarim:
- Pozitsionirovaniye. Bitva za umi. Djek Traut.
- Psixologicheskoye aykido. Mixail Litvak
- Fenomen Zara. Kovadonga O‘shi
- Psixologiya vliyaniya. Robert Chaldini.
Intervyu “O‘zto‘qimachiliksanoat”
uyushmasi matbuot xizmati
tomonidan tayyorlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT







