Bugungi kunda ip kalavaga bo‘lgan talabning ichki va tashqi bozorlarda oshishi mahalliy trikotaj to‘quv, ip gazlama, paypoq mahsulotlari va ip kalava bo‘yash korxonalarining xomashyo bazasini shakllanishida uzilishlarga olib kelmoqda.
Ichki bozordagi kalava ip tanqisligini bartaraf etish, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida sohaning yirik ip yigiruv va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalari ta’sischilari va rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yuqoridagi masalalar bo‘yicha tomonlar taklif va mulohazalari o‘rganib chiqildi.
Xususan: tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ma’lum bir vaqt mobaynida (bir hafta yoki bir oy) ip kalavaning o‘zgarmas narxlarda xarid qilish imkonini yaratish so‘raldi.
Ip kalava ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ichki bozorga fevral-mart oylarida qancha miqdorda ichki iste’molchilarga ip kalava yetkazib berish bo‘yicha takliflar berilishi kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








