Shu kunlarda to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan ichki bozorda ip kalavaga bo‘lgan talab o‘sib borayotgani va narxlar xam mutanosib ravishda oshishi haqida bahslar bormoqda.
Ushbu vaziyatni to‘liq nazorat qilish va eksport kontraktlarini o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari joriy yilning 20 yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va yirik tarmoq korxonalari ishtirokida bo‘lib utgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi.
Uchrashuvda Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari D.Vaxabov ishtirok etib yigiruv fabrikalari utgan yil davrida ishlab chiqarish va ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida ip kalavani arzon narxda sotishi kuzatilgani va hozirda ip kalava narxi oshishi mato, bo‘yoq, trikotaj ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ta’siri ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olib ushbu vaziyatda Uyushma va tarmoq korxonalarining keyingi amalga oshirishi muhim bo‘lgan vazifalari haqida to‘xtaldi.
O‘z navbatida xar bir korxona ushbu vaziyat yuzasidan takliflarini berdi va qiziqtirgan savollarga uyushma rahbariyatidan javob oldi.
D.Vaxabov shu bilan bir qatorda hozirda eksportda tayyor mahsulot ulushi oshishi va yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi muhimligini ta’kidladi.
Va agarda, ichki bozorda ip kalava tanqisligi yuzaga kelsa uni eksportini vaqtincha to‘xtatilishi ko‘rib chiqishi mumkinligini ta’kidladi va yigiruv korxonalari bundan tegishli xulosa chiqarishlarini aytib o‘tdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




