21-22 fevral kunlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Gesamtmasche bilan hamkorlikda o‘z xodimlariga to‘qimachilik sanoatida marketing va promoushn bo‘yicha seminarda o‘z malakalarini oshirish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etdi.
Vorkshop xalqaro marketing sohasi eksperti Sven Eriskat tomonidan olib borildi va u marketingning asosiy jihatlarini batafsil taqdim etdi. Ular orasida strategiya va rejalashtirish, yangi bozorlarga kirish va hisobga olinishi kerak bo‘lgan mezonlar hisoblanadi. Ekspert ishtirokchilar bilan kompaniyalar va mahsulotlarni reklama qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli kampaniyalarni ishlab chiqish tajribasi, shuningdek, xaridorlar e’tiborini jalb qilish usullari bilan o‘rtoqlashdi.
Uyushmaning joriy faoliyatini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassis chuqur tahlilni taqdim etib, kuchli tomonlarini ta’kidladi va takomillashtirish va o‘zgartirish yo‘nalishlarini aniqladi. Vorkshop uyushma xodimlarining kasbiy rivojlanishi va shaxsiy va jamoaviy salohiyati o‘sishini rag‘batlantirishda muhim xodisaga aylandi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




