Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumat delegatsiyasidan iborat delegatsiya ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Misr Arab Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari mashhur jahon brendlariga o‘z mahsulotlarini yetkazib beruvchi Misr kompaniyalari – tayyor kiyim-kecha ishlab chiqaruvchilari – «Lotus Garments», «El Rehab Co», «Eye of Ra», sochiq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi – «Jacquar Dina», uy tekstili ishlab chiqaruvchi – «AlFattal» va gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi – «Oriental Weavers» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muhokamalar natijasida, o‘zbek va misr tomonlari to‘qimachilik sohasida hamkordikni yanada kuchaytirish, Qohirada o‘zbek to‘qimachilik shou-rumini ochish istagini bildirishdi. Shuningdek, misr to‘qimachilari O‘zbekistondan xam ashyo yetkazib berish (bundan, har oy 1,5 million dollarlik ip-kalava importi), ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish imkoniyatlarida qiziqishlarini bildirdi. Ikkitomonlama loyihalarni amalga oshirishda “O‘zto‘qimachiliksanoat” va «El Rehab Co» kompaniyasi orasida Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuvlar natijasida, tomonlar Misr delegatsiyasning 2023-yilning mart-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




