O‘zbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi rasmiylari «LC Waikiki» brendi uchun mahsulot ishlab chiqaradigan Misrning «Elvan» to‘qimachilik fabrikasi menejeri bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida Misr tomoni O‘zbekistondan ip kalava sotib olish uchun hamkorlar izlayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumki, Misr ham, soha ulushi sanoatning umumiy hajmining 27%ni tashkil etadigan yirik to‘qimachilik mamlakatlaridan biridir. Shu munosabat bilan Misr ishlab chiqaruvchilari ip kalava, gazlama va mato import qilishdan manfaatdor.
Misr to‘qimachilik delegatsiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistonga tashriflari davomida o‘z zamonaviy to‘qimachilik sanoati, xususan, yigiruv fabrikalari, gazlama va mato ishlab chiqaradigan korxonalar bilan yaqindan tanishdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




