Savol:
Assalomu alaykum! Savolim – turmush o‘rtog‘im 2003 yilda Urganch maishiy xizmat kasb hunar kollejini buxgalteriya mutaxassisligini bitkazib, 2005- 2018 yilgacha Xorazm viloyati Shovot tumanida «Paxta tozalash» AJ korxonasida ishlagan, hozirgi kunda Shovot tumanida «Uzteks Shovot» korxonasida ishlaydi. 5 avgustdan boshlab suhbat asosida OTMga qabul boshlanadi. OTMga qayerdan tavsiyanoma olsa bo‘ladi, qanday hujjatlar kerak?
Javob: Sardor Odinayev, Kadrlar bilan ishlash va OTM faoliyatini takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Bunda, tasdiqlangan ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021/2022 o‘quv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.
Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlanadi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 5 avgustdan – 25 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Tarmoq korxonalari rahbariyati nomidan nomzodlar butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma (muhr, imzo);
- nomzodlar pasport nusxasi;
- nomzodning ma’lumotnomasi (ob’yektivka);
- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;
- nomzod pasport nusxasi.
2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari
| Shifr | Vazirliklar, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari nomi | |
| 5310900 | Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) | |
| 5320300 | Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) | |
| 5320400 | Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) | |
| 5320800 | Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi | |
| 5320900 | Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) | |
| 5321200 | Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo turlari bo‘yicha) |
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT

