O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4916-son qarori tasdiqlangan. Unga ko‘ra, qiymati 4,0 mln.dollar (bank kredit 3,8 mln.dollar, o‘z mablag‘i 0,2 mln.dollar) bo‘lgan to‘qimachilik majmuasini tashkil etish hamda 1000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Ohangaron tumanida joylashgan Sobiq Susam qishloq vrachlik punktining 0,2 ga bo‘lgan maydoni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi “To‘qimachilik mahsulotlari marketingi va reklamasi agentligi” MCHJ tomonidan «E-IJRO AUKSION» orqali sotib olindi va o‘z mablag‘lari hisobidan 2 335,0 mln.so‘m investitsiya kiritilib, 200 ta yangi ish o‘rinlariga ega yengil metall konstruktsiya va sendvich panellardan foydalanilgan holda yillik quvvati 1.5 mln.dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi tikuv fabrikasi tashkil etildi.
Fabrika Ohangaron tumanida joylashgan bo‘lib mahalliy aholini ish bilan ta’minladi. Ta’kidlash joizki, xodimlarning 60% «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ga kiritilgan mahalliy aholi vakillaridan tashkil topgan.
Ayni damda mahalliy yangi brend ostida sifatli mahsulot yetkazib berish yuzasidan ishlar boshlab yuborildi. Yangi turdagi va dizayndagi mahsulotlar Yevropa va MDH bozoriga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




