20-22 noyabr kunlari Buxoro shahrida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va hamkor tashkilotlar ko‘magida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali bo‘lib o‘tadi.
Hozirda, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari ushbu Festival ochilish marosimiga qizg‘in tayyorgarlik qilmoqdalar.
Festivalning dastlabki kunida «Sahid Zarafshon» mehmonxonasida Buxoro dizaynerlari va hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi ochib berishi aytilmoqda.
#nafosat #uztextile
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








