Davlatimiz Rahbari tomonidan 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’tirof etildi. Shu jumladan, 2023-yil 10-yanvardagi 2-sonli Prezident Farmonida dual ta’lim tizimi asosida mutaxassislarni o‘qitish va hududlarda xorijiy ta’limni dasturlari joriy etilishi belgilangan.
Aytish joizi, Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi – GIZ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi birgalikda Dual ta’lim tizimini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda.
Yengil sanoat va to‘qimachilik sohalarida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha ish beruvchilar bilan hamkorlik kengaytirilmoqda
Ayni damda, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari Namangan shahri, Yangikurg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chust, Pop tumanlarida bir qator seminar va treninglar tashkil etib, viloyatdagi yirik korxonalar vakillari va professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida “To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, Namanganda dual ta’limni tashkil etish” mavzusida davra suhbati tashkil etmoqda.
Davra suhbatida Namangan viloyatida joylashgan kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda dual ta’limni tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yanvar oyida Namangan shahri va Uychi tumanida soha korxonalari vakillari va ta’lim mutaxassislari o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etildi.
Davra suhbatlari chog‘ida Oliy ta’lim vazirligi va tegishli ta’lim muassasalari hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Namangan viloyatida joylashgan kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda dual ta’lim tizimi joriy etilgan ta’lim muassasalari misolida tizim qanday ishlashi va qanday natijalarga olib kelishiligini taqdim etishdi.
Bunday tadbirlar professional ta’lim sohasida mavjud muammolar va ularga muvofiq yechimlarni topishda bevosita muhokama qilish imkoni yaratiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




