“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligida 10dan ortiq korxonalar delegatsiyasi GIZ ko‘magida Hindistonga tashrifni amalga oshirmoqda.
Tashrif maqsadi – buyoqxona korxonalarida o‘rnatilgan suv tozalash va qayta ishlash inshootlarni va undagi jarayonlarni kuzatish va tatbiq qilish.
Tashrif 56 ta davlatda suvni retsirkulyatsiya qilish texnologiyalariga ega va ZLD (Zero Liquid Discharge) texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha yetakchi korxona SSP PvT Limited korxonasidan boshlandi. Ushbu texnologiya delegatsiya ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zbek korxonalari ishlab chiqarish xajmlariga mos tijorat shartnomalari taqdim qilinishi belgilandi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




