Germaniyaning Falke brendidan keyin Frantsiyaning KIABI brendi O‘zbekistonning mahalliy korxonalarida soursing imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Taniqli brend rahbari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining taklifiga binoan O‘zbekistonda tashrif buyurdi. Mehmon mamlakatdagi o‘zgarishlar va to‘qimachilik sanoatidagi islohotlarni hayrat bilan ta’kidladi.
Xususan, O‘zbekistonning yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan Farg‘onadagi Global Textile kompaniyasiga tashrifi yakunida mehmonlar paxta-to‘qimachilik klasterining paxta yetishtirishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarini batafsil o‘rganib, Yevropa Ittifoqi bozorining odamlarga munosabat (ijtimoiy omil), ishlab chiqarish, atrof-muhitga munosabat va kompaniyaning barqaror rivojlanishi kabi barcha talablariga rioya qilinishiga guvoh bo‘lishdi. Va yana bir muhim omil shundaki, klasterda kuzatuvchanlikni kafolatlaydigan ta’minot zanjiri mavjud.
Uyushmadagi uchrashuv davomida brend vakillari O‘zbekistonda KIABI bilan hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladilar va natijada tomonlar mahsulotlarni jo‘natishda logistika yo‘nalishlari, mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish va yuqori sifat jihatlarini muhokama qildilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




