Eng qadimgi onlayn yangiliklar platformalaridan biri bo‘lgan Triple Pundit so‘nggi yillarda paxta va to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi tarixi va O‘zbekistonda Better Cotton tashabbusining ishga tushirilishi haqida maqolasini taqdim etdi.
Majburiy mehnatdan “paxta boykoti” ni bekor qilishgacha, klaster tizimi yaratilishidan Better Cotton dasturini ishga tushirishgacha. Maqolada O‘zbekistonning zamonaviy paxta-to‘qimachilik sanoati shakllanishining barcha bosqichlari, shuningdek, Better Cotton dasturi sanoatni yanada rivojlantirishga qanday yordam berishi, dasturning maqsad va ko‘lami qanday bo‘lishi ko‘rsatilgan.
“Xalqaro hamjamiyat, korporatsiyalar va fuqarolarning mehnat qonunlarini isloh qilish bo‘yicha o‘nlab yillik bosimlaridan so‘ng, O‘zbekiston haqiqiy yaxshilanishlarni amalga oshirmoqda”.
“2010 yilda, boykot petitsiyasidan bir yil o‘tib, inson huquqlari tashkiloti“Cotton Campaign” o‘zbek paxtasini yetkazib berishdan bosh tortgan brendlarga korporativ majburiyat ishlab berdi”.
“Cotton Campaign”ning korporativ majburiyati keyinchalik 2022 yil mart oyida tugadi va bu davlatdan G‘arb bozorining aksariyat qismiga paxta eksportini qayta ochdi”.
“Klasterlar yoki vertikal ravishda birlashtirilgan paxta kompaniyalari O‘zbekistonning yaqinda xususiylashtirilgan paxta sanoati o‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan Sovet modeliga nisbatan fundamental tarkibiy darajada o‘zgargani va o‘zgarishda davom etayotganining asosiy namunasidir”.
“O‘zbek paxtasi ishlab chiqarish tarixida muhim burilish bo‘lgan 2022 yilda BCI O‘zbekistonda Better Cotton dasturini ishga tushirdi”.
“O‘zbekistonda “Better Cotton Yo‘l xaritasi” iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatdan qishloq ho‘jaligida yanada barqaror usullarini shakllantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin”.
Manba: https://www.triplepundit.com/story/2023/uzbekistan-forced-labor-cotton/780811
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




