⚡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida birinchi bo‘lib davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘ymoqda. Buning uchun Buxorodagi “BCT Cluster” va Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterlari yaqin hamkor sifatida tanlandi.
🤝Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, “Osiyo Ramzi” Respublika dizaynerlar assotsiatsiyasi rahbari Xolida Komilova rahbarligida institutning bir guruh vakillari “BCT Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterining zamonaviy to‘qimachilik majmuasiga tashrif buyurdilar. Ular o‘zida beshta fabrikani birlashtirgan paxta tolasini chuqur qayta ishlash va zanjirli ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.
🔎Xolida Komilovaning aytishicha, endilikda institutda davlat-xususiy sheriklik asosida klaster talabidan kelib chiqqan holda, barcha bug‘indagi mutaxassislar tayyorlanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








