Ommaviy uzdaily.uz internet nashri xabar berganidek arab tadbirkorlari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini import qilishdan manfaatdor.
“Gulf Mysore general trading” kompaniyasining ijrochi direktori hindistonlik Anupam Jeyn Quvaytda hind milliy klassik kiyimlarini sotishga ixtisoslashgan bir nechta “Indian Heritage” do‘konlarini yuritadi.
O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi vakili bilan uchrashuvda u quyidagilarni qayd etdi:
Biznesni kengaytirish rejalarini amalga oshirish maqsadida 2024-yil o‘rtalarida O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zbek milliy klassik liboslari ishlab chiqaradigan va eksport qiluvchi korxonalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish niyatidaman.
Tadbirkor, shuningdek, tayyor kiyim ishlab chiqarish uchun o‘zbek matolaridan foydalangan holda Quvaytda tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish rejalari haqida gapirdi.
Dastlabki bosqichda Anupam Jayn o‘z do‘konlarida sotishi uchun ayollar an’anaviy o‘zbek milliy liboslari, o‘zbek matolari va tayyor kiyimlarni import qilishga qiziqish bildirdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




