“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida 7 fevral kuni “Cotton Council International” kompaniyasining vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv Uyushma tomonidan AQSh kompaniya va tashkilotlari bilan muhokamalar natijasida tashkil etildi. “Cotton Council International” kompaniyasining Yevropa, Turkiya, Afrika va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Nezixi Aslankezer bilan muzokaralar davomida Amerika paxtasi afzalliklarini sanab o‘tdi va tomonlar paxta tolasini import qilishni tashkillashtirish hamda uni moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi.
Amerikaning “Cotton Council International” tashkiloti paxta tolasi va ushbu paxta tolasidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni dunyo bozoriga targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning 20 dan ortiq davlatda o‘z vakolatxonasiga ega va 50 ta mamlakatga doimiy ravishda paxta tolasini eksport qiladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasi jadal rivojlanishi natijasida paxta importiga ehtiyoj ortgani ta’kidlab o‘tildi va bu borada “Cotton Council International” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish hamda to‘qimachilik korxonalarini salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha, AQSh paxtasi va u yetishtirilishi bilan tanishish maqsadida AQShga tashrif tashkil etilishi kabi bir qator kelishuv rejalashtirayotganligini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlarida paxtadan olingan mahsulotni baland narxlarda brendlarga sotish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etiladi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




