O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlikka alohida urg‘u berildi.
24 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan O‘zbekiston va Xitoy davlat idora vakillari va nufuzli tadbirkorlar ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligiga bag‘ishlandi.
Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining birinchi o‘rinbosari Davron Vaxabov qatnashdi va Respublikamiz to‘qimachilik sohasining salohiyati borasida taqdimot o‘tkazildi, shu jumladan, to‘qimachilik va tikuv – trikotaj mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi davlatlar orasida O‘zbekiston yuqori reytingga ega bo‘lib turganligi va eksport tovarlar nomenklaturasida yigirilgan ip – kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Jumladan, bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi investorlari tomonidan to‘qimachilik sanoatida 33 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, so‘ngi 4 yilda 12 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi natijasida 500 mln.dollardan ortqi investitsiyalar kiritildi va 6000 ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xitoy o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy iste’molchisi bo‘lib qolmoqda, 2020 yilda 400 mln.dollardan ortiq mahsulot Xitoy bozoriga yetkazib berilgan. Istiqbolda o‘ndan ortiq yangi loyihalar amalga oshirilishi belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




