Yaponiyaning «Masui Co Ltd» savdo kompaniyasi vakili – Akiko Ichimi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi o‘rinbosari B.Muhammadsaidovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik masalalari, jumladan, biznesni mas’uliyatli olib borish (business responsibility), to‘qimachilik mahsulotlari (xususan, organik kalava iplar va tayyor to’qimachilik mahsulotlari) eksportini kengaytirish, qayta ishlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 1-3 fevral kunlari Buxoro, Navoiy va Samarqand shaharlaridagi korxonalarga tashrif rejasi ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Yaponiya bozori uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma dastur tayyorlashga kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




