10 aprel kuni Saigon Fabric 2024 ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va USAID tashkiloti xamkorligida ko‘rgazmada O‘zbekistonning 20 ta to‘qimachilik korxonalari Made in Uzbekistan milliy paviloni orqali o‘z mahsulotlarini taqdim qilmoqdalar.
Ma’lumot uchun: Ushbu ko‘rgazma 1990-yillardan buyon Vyetnamda mato va kiyim-kechak aksessuarlari sohasidagi eng yirik va ommabop tadbir bo‘lib kelgan. Ushbu ko‘rgazma Vetnam Saigon to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasi “Vietnam Saigon Textile & Garment Industry Expo” bilan parallel ravishda o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Vyetnam to‘qimachilik va kiyim-kechak uyushmasi-VITAS raisi Vu Duk Djiang O‘zbekiston bilan olib borilyotgan xamkorlikga alohida urg‘u berib, ko‘rgazmaning ishtirokchilarini e’tiborini o‘zbek milliy pavloniga qaratdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




