Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanining “Qahramon” hududida paxta yig‘im-terim mavsumi boshlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyati prokurori S.Samadov, viloyatdagi tegishli tashkilotlar va tumandagi 4-sektor rahbarlari hamda qishloq xo‘jalik xodimlari 20 gektarlik paxtazorda bo‘lib, mavsum ishtirokchilariga yaratilgan sharoit bilan qiziqdi. Dalalarda javlon urib mehnat qilayotgan terimchilarning ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tumanda joriy yilda 35 ming 360 tonna paxta xom ashyosini yetishtirish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda Toshkent viloyatining boshqa hududlarida yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda. Fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan mavsumni talafotsiz, ko‘ngildagidek o‘tkazish maqsadida tizimli amalga oshirilmoqda.

O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




