2023-yil 10-fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari AQShning Charming kompaniyasi direktori bilan premium qadoqlash, shuningdek, raqamli yorliqlar mavzusida muzokaralar o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: Charming USA brendning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan bezak, qadoqlash va RFID texnologiyalarini taklif etadi. CHARMING bilan brendlar tarixi yetkazib berish zanjirini kengaytiruvchi va takomillashtiruvchi yuqori sifatli va innovatsion mahsulotlar bilan taqdim etiladi.
Uchrashuv davomida, printlangan yorliqlarga ishlatiladigan kog‘oz sarfini kamaytirish maqsadida, marketing materiallarida chop etilishi mumkin bo‘lganidan ko‘ra, iste’molchiga ko‘proq ma’lumotni taqdim etishning tejamli usuli sifatida QR-kodlar, shuningdek, mahsulot va ishlab chiqarishning haqiqiyligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish imkonini beruvchi NFC-chiplari yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bunday yo‘nalishlar to‘qimachilik korxonalari barqarorligini oshiradi.
Bundan tashqari, atrof-muhitga ta’sirni kamaytiruvchi va brendlar orasida keng talab qilinuvchi ekologik toza qadoqlash hozir juda muhim. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Amerika tomoniga ushbu yo‘nalishda ishlashni rejalashtirayotgan korxonalar ro‘yxatini taqdim etishga kelishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




