To‘qimachilik haftaligi doirasida soha rivoji uchun yana bir muhim uchrashuvda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi va ITMFning Bosh direktori Kristian Shindler hamda ITMF vitse-prezidenti va Textil Santanderia rahbari Juan Pares o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
Ma’lumki, Uyushma Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi (ITMF)ning a’zosi sifatida ko‘p yillar davomida Konfederatsiya anjumanlarida faol ishtirok etib keladi.
Uchrashuv davomida xorijiy tomon O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati barqaror rivojlanib borayotganiga va mintaqaviy to‘qimachilik xabiga aylanayotganligiga ishonch bildirdi. O‘z navbatida, Uyushma rahbari O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj salohiyati oshib borish natijasida qator xorijiy davlatlar invectorlari bilan yangi hamkorlik aloqalari rivojlanganligini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda Germaniyadan 2 ta kompaniya o‘z ishlab chiqarishni ko‘chirish (relokatsiya) orqali, ishlab chiqarish jarayoni ishga tushganligini misol tariqasida keltirdi.
Bu borada, Textil Santanderia rahbari Juan Pares Turkiya, Morokko, Xitoy, Bangladesh hamda Ispaniya mamlakatlarida 8 ta ishlab chiqarish korxonalari va savdo ofislari borligini ma’lum qilib, O‘zbekiston bilan ham ishlab chiqarish faoliyatini bog‘lamoqchi ekanligini bildirdi.
Aytish joizki, Textile Santanderina 1923 yilda Ispaniyaning Kabeson de la Sall shahrida tashkil etilgan va Yevropa, AQSh va boshqa davlatlarda tarmoq va savdo uylari va xizmat ko‘rsatish faoliyatiga ega. Ishlab chiqarishi paxta va ananasdan ip-kalava qayta ishlash, mato to‘qish, bo‘yash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlaridan iborat. Marokko; Turtsiya, Xitoy, Pokiston, Bangladesh, Xindiston, Koreya, Indoneziya va Yaponiya davlatlarida o‘z xaridorlariga yetkazib beriladi.
Muzokaralar yakunida, ITMF vakillari va o‘zbek tomoni butun jahon to‘qimachilik professionallarini va ekspertlarini jamlovchi keyingi ITMF 2024 Anjumanini Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




