Avval xabar berganimizdek 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi Davlat rahbari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi, davlatimiz va xalqimiz birligini namoyon etgani ta’kidlandi.
Misol tariqasida, Namangan viloyatida joylashgan “Art Soft Teks Klaster“ MCHJ ning 3000 dan ziyod oilalarni otaliqqa olgani namuna sifatida ta’kidlandi va ana shunday saxovatpesha korxona rahbarlariga Prezident o‘z minnatdorchiligini bildirgan edi.
Kuni kecha “Indenim Cluster” MCHJ ta’sischilari ham ushbu xayrli ishga qo‘l urishdi. Klaster tomonidan Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida “Oltinsoy Zif Tekstil” tashkil etilib chekka qishloq xotin-qizlari va kam ta’minlangan oila a’zolaridan iborat 300 nafar aholini doimiy ish bilan ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda “Zif Tekstil” MCHJ tomonidan Muzrabot tumanida 100 nafar oilani ish bilan ta’minlash maqsadida tikuvchilik tsexi tashkil etilib ishga tushirildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



