Xitoy 256 mlrd.dollar to‘qimachilik mahsulotlarini eksport kiluvchi mamlakat bo‘lib, dunyoda to‘qimachilik sanoatida yetakchi hisoblanadi. Shu bilan birga Xitoy O‘zbekistonning yirik to‘qimachilik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi top 3 da davlatlar qatoriga kiradi. O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari nega Xitoyda mashhur?
O‘zbekiston Respublikasi Rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi O‘zbekiston-Xitoy minataqalararo forumida to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlikda alohida urg‘u berildi. Unda 1000 dan ortiq Xitoy va O‘zbekistonning ishbilarmonlari, yetakchi kompaniyalar va tashkilotlatlar rahbarlari ishtirok etib istiqboldagi rejalari bilan bo‘lishdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi ushbu forumda nutq so‘zladi va Xitoy va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rivojlanishi bir biriga chambarchas bog‘liq ekanligiga alohida urg‘u berdi.
Jumladan, mamlakatlarimiz o‘rtasida tovar ayriboshlash kun sayin ko‘payib, 2022 yil bilan taqqoslaganda, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 124% ga oshib, 310 mln. dollarni tashkil qildi.
Ikkitomonlama kelishuvlarni amalga oshirish natijasida “Zhinsheng Group”, “Mulanghua Group” va boshqalar tomonidan sohaga 250 mln. dollardan ortiq investitsiya kiritildi.
Shuningdek, forumda tashkil etilgan mintaqalararo ko‘rgazmasida to‘qimachilik mahsulotlari 50% dan ortig‘ini tashkil etdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 26 dan ortiq xitoylik investorlar ishtirokida to‘qimachilik korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Eng yirik ip yigiruv korxonalaridan biri «LT Textile International», «Nanyang M&F», «Bobur M&F», «Shanghai Marjan», «Chang Liang To’qimachi» kabi eng yirik ip yigiruv va tayyor maxsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham shular jumlasidan.
Forum yakunlari to‘qimachilik sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirishga ulkan turtki bo‘ldi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




