O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqatidan so‘ng quyidagi yengilliklar joriy etildi:
- eksport va import operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llanilishi va undirilishi 2021 yil
31 dekabrga qadar to‘xtatildi (PF-6306); - ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar (ro‘yxat bo‘yicha) bojxona to‘lovlaridan ozod etildi (PQ-5262);
- o‘n ikki oy davomida 1,0 mln. dollardan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar olib kirishda bojxona to‘lovlarini foiz hisoblanmagan holda 120 kunga kechiktirib to‘lash imkoniyati berildi (PF-6306);
- xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga o‘tkazilganda, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi oshadigan, lekin 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan qismi uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi omonidan kompensatsiya taqdim etilishi belgilandi (PQ-5268).
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan:
- kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanktsiyalar qo‘llanilmaydi (PF-6307);
- tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar bekor qilinadi (PF-6307);
- mahsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda to‘liq qo‘llaniladi
(PQ-5243)
Shu bilan birga avval joriy etilgan yengilliklar va qo‘llab-quvvatlash amalda qilmoqda. Jumladan:
Eksportni rag‘batlantirish Agentligi tomonidan:
- eksport qilishda transport xarajatlari sertifikatlash, taqdimotlar va boshqa xarajatlar 50 foizgacha qoplanadi (PQ 4707);
137ta korxonaga 21,4 mlrd so‘m mablag‘ qoplab berildi; - eksportoldi aylanma mablag‘lar 4%da, shu jumladan yiliga 20,0 mln. dollardan ortiq bo‘lgan korxonalarga 5,0 mln. dollargacha ajratilmoqda (PF 6091, 6306); 89 ta to‘qimachilik korxonasiga, 54,1 mln dollar ajratildi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
- milliy valyutadagi kreditlar 10 foizgacha; valyutadagi kreditlar 5 foizgacha qoplanmoqda (PF 6091); to‘qimachilik korxonalarining 434ta ariza bo‘yicha 135,4 mlrd so‘m qoplandi.
Shuningdek, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport ulushi kamida 60 foizni tashkil yetgan korxonalar mol-mulk solig‘idan ozod etilishi amal qilmoqda (PQ 4453);
Ko‘zda tutilgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.10.2021 kuni klasterlar bo‘yicha o‘tkazilgan video-selektorida bo‘yalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda ularning kamida 80 foizini eksport qiluvchi klaster va boshqa to‘qimachilik korxonalariga:
- 3 yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 12 foiz o‘rniga 1 foiz qilib belgilanishi;
- mol-mulk solig‘ini 3 yilga kechiktirib to‘lash imkoniyati berilishi;
- uskunalar xaridi uchun davlat hisobidan moliyaviy resurslar va grantlar ajratilishi;
- eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun 4-5 foizlik, 100 mln dollarga kredit liniyasi ochilishi va boshqa ko‘plab imtiyozlar berilishi ta’kidlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




