Bir necha kun avval O‘zbekistonda Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligida energetika va infrastruktura sohalari mutuxassislari va Germaniya OAV vakillari delegatsiyasi O‘zbekistonda tashrifi bilan bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida Berbok xonim mahalliy to‘qimachilik korxonalari bilan tanishar ekan, “O‘zbekiston to‘qimachilik sohasida amalga oshirgan ishlari va natijalari bilan Yevropa bozorlariga kirish uchun eng yaxshi imkoniyatlarga ega soha” deb ta’kidlab o‘tdi.
Alohida aytish joizki, Germaniya dual ta’lim keng tarqalgan mamlakatlardan biridir. Bu borada Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) tomonidan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi 2021 yildan buyon “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga qarashli kasb-hunar kollejlarida dual kasb-hunar ta’limi mexanizmi tatbiq etilmoqda.
Loyiha doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaga tashrifi doirasida dual tizimning Germaniya ta’lim muassalalari va soha korxonalarida tashkil etilgan yo‘nalishlari bilan tanishish mumkin edi.
Jumladan, o‘zbek delegatsiyasining Verdau shahridagi TVET o‘quv markaziga, Leyptsig shahridagi “Susana Eger” nomidagi kasb-hunar maktibiga, Leyptsig Savdo sanoat palatasiga, ZAW Leipzing GmbH dual ta’limni o‘qitish va malakasini oshirish markazi hamda Saksoniya iktisodiyotining o‘quv markaziga tashrifi davomida dual tizimning nazariy jihatlari namoyish etildi.
“ZKS Zwickauer Kammgarn Spinnerei GmbH” korxonasida jahon bozori uchun sifatli va innovatsion maxsus iplari, “E. Richard Thieme GmbH2 korxonasida ishlab chiqarilayotgan xavfsiz kamarlar, himoya kostyumlari, o‘rindiqlar uchun qoplamalar, yong‘in xavfsizligi va qutkaruv xizmatlari uchun maxsus kiyimlar ishlab chikarish jarayonlari va umuman ikkala korxona va “Porsche Leipzing GmbH” korxonasida dual ta’lim tizimining amaliy jihatlari va tatbiq etilgan usullari bilan tanishildi.
Shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Germaniya to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uyushmasining (VTI) Moliya siyosati, iktisodiy rivojlanish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim bo‘limi boshlig‘i Anke Pfau xonim bilan uchrashuvda kasb-hunarga shogirdlar tayyorlash va dual ta’lim tizimini tashkil etishda ishtiroki hamda vazirliklar bilan hamkorlik ishlari bo‘yicha suhbatlashildi.
Saksoniya savdo va investitsiya departamentining Sharqiy Yeveropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha sotuvni ragbatlantirish, hamkorlik bo‘yicha xodimi Julia Linevich bilan uchrashuv chog‘ida Markaziy Osiyodagi voqealar hamda xalqaro hamkorliklar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




