Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasining yillik konferentsiyasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Ispaniyaning yirik Textile Santanderia to‘qimachilik kompaniyasi egasi Xuan Parez va ITMF bosh direktori Kristian Shindler bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar dunyoning 44 mamlakatini birlashtirgan ITMF a’zolari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning to‘qimachilik markazi sifatida targ‘ib qilish istagini va brendlarni O‘zbekistonga ko‘chirish imkoniyatini qo‘llab-quvvatladilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




