🔳2026-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–407-son qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat to‘qimachilik korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va soha korxonalari xodimlari uchun qo‘shimcha ijtimoiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Qaror bilan tarmoq korxonalari uchun quyidagi yangi imkoniyatlar belgilandi:
✔️Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:
Investitsiya loyihalari va aylanma mablag‘lar uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddatini 36 oyga uzaytirish.
Milliy valyutadagi kreditlar foiz xarajatlarining 10 foiz punktigacha, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 7 foiz punktigacha qismini kompensatsiya qilish.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va tannarxni kamaytirishga qaratilgan Kaizen, Lean Management kabi loyihalarni moliyalashtirish.
✔️Eksport va tashqi savdo:
Eksport tushumini qaytarish muddatini
2028-yil 1-yanvarga qadar 365 kungacha uzaytirish.
Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar importi bo‘yicha bojxona imtiyozlari muddatini 2030-yil 1-yanvargacha uzaytirish.
Elektron savdo platformalari orqali sotilgan mahsulotlar qiymatining 3 foizi hamda reklama xarajatlarining bir qismini qoplash.
✔️Ishlab chiqarishni rivojlantirish
Sun’iy tolani qayta ishlovchi korxonalarga transport xarajatlarining har bir tonna uchun 200 AQSH dollarigacha bo‘lgan qismini qoplash.
Moliyaviy qiyinchilikka uchragan ayrim korxonalar faoliyatini tiklash uchun mol-mulk majmualarini 10 yilgacha bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish mexanizmini qo‘llash.
✔️Xodimlar va ularning farzandlari uchun yangi ijtimoiy imkoniyatlar:
Belgilangan mezonlarga javob beruvchi to‘qimachilik korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarning farzandlari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun kontrakt to‘lovlarining 100 foizini qoplash.
Mazkur korxonalarda ishchilarni tashish xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini qoplash.
Ushbu ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari Andijon viloyatidagi o‘rtacha yillik ishchilar soni 500 nafardan ortiq korxonalarga, 2027-yil 1-apreldan boshlab esa respublikaning boshqa hududlaridagi korxonalar uchun belgilangan mezonlarga muvofiq tatbiq etiladi.
Batafsil: Havola
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT

