Yangi O‘zbekistonni barpo etishdan asosiy maqsad – iqtisodiy rivojlangan, barcha tomonlama teng huquqli ochiq davlat va demokratik jamiyat qurish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosat kutilgan natijalar bermoqda, O‘zbekiston allaqachon mintaqaning eng izchil rivojlanayotgan mamlakatiga va sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchisiga aylandi. Islohotlarning natijadorligi va samaradorligi nufuzli xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, BMT, Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi va boshqa nohukumat tashkilotlari tomonidan e’tirof etildi. Shuningdek, islohotlarda ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tengligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila NORBOYEVA suhbatimiz chog‘ida mazkur yo‘nalishda xalqaro sahnada yuqori baholanayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
– Tanzila Kamolovna, ma’lumki, bugun to‘qimachilik sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining drayveriga aylanib, tobora ko‘p sohalarda ayollar bandligi ta’minlanmoqda. Shunga ko‘ra, Senat to‘qimachilik sohasi xodimlarining manfaatlariga daxldor gender tengligi va ijtimoiy barqarorlikning qanday masalalari bilan shug‘ullanayotgani haqida bilmoqchi edik.
– Darhaqiqat, hozirgi davrda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda izchil va demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda, inson huquqlarini ta’minlash, parlament, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV o‘rnini oshirish uchun samarali choralar ko‘rilmoqda, har bir inson tinch-farovon yashashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Bugun O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi rivojlangan mamlakatlarga mos turmush darajasiga erishish, adolatli, erkin va barqaror jamiyat qurishdek buyuk maqsad bilan yashamoqda. Shu bois, davlat va jamiyatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida dasturiy hujjat – 2022–2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi amalga oshirilmoqda. Strategiyada xalqchil va insonparvar davlat qurish vazifasi markaziy o‘rin egallaydi, bunda «Inson qadr-qimmati uchun» va «Davlat – inson uchun» g‘oyalari asosida har bir fuqaroning qonuniy manfaatlari va farovonligi ta’minlanadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugun ayollar jahon YAIMning qariyb 40 foizini ishlab chiqarmoqda. Baholarga muvofiq, agarda ayollar iqtisodiyotning barcha sohalarida erkaklar bilan baravar ishlaganida edi 2025 yilga borib jahon YAIM 28 trln. dollarga yoki 26 foizga oshgan bo‘lardi. Aynan shu sababli gender tengligi – insonning eng muhim huquqlaridan biri – jamiyatda tinch-totuvlikni ta’minlashda hamda barqaror taraqqiyot asosida inson salohiyatini imkon qadar to‘la ro‘yobga chiqarish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Birmuncha vaqt muqaddam gender tengligi masalalari ko‘proq rasmiy xususiyatga ega edi. Keyingi yilkazilayotgan islohotlar tufayli katta natijalarga erishdik. Xususan, gender siyosati jamiyat va davlatni rivojlantirish omiliga aylandi. «Gender va rivojlanish», «gender ekspertizasi», «gender muvozanati», «ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni» kabi tushunchalar davlat dasturlarida va deyarli barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks etmoqda.
Oliy Majlis Senati respublika to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Senat Raisi rahbarlik qilayotgan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi gender tengligini ta’minlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan, to‘qimachilik sohasida ishga joylashtirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha keng qamrovli o‘rganishlar o‘tkazib, amaliy choralarni ko‘rib bormoqda.
Bu yerda komissiyalar faoliyati bu boradagi mavjud statistikani yaxshilashga emas, balki ayollarimiz haqida doimiy g‘amxo‘rlik qilish, ularning huquqlarini ta’- minlash va muammolarini hal etishga qaratilgan.
2016 yilda bolalarning tizimli mehnatiga to‘la barham berilganda, Yevroparlament Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga to‘qimachilik bayonnomasini kiritishni tasdiqladi. Bitimda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga uch ming nomdagi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari olib kirilganda son cheklovlarini bekor qilish va bojxona to‘lovlarini kamaytirish nazarda tutilgan. 2017 yilda esa Oliy Majlis Senati O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan Ikki tomonlama savdo to‘g‘risidagi bitimga kiritishni tasdiqladi.
Parlament so‘rovi parlament nazoratining muhim vositalaridan biri bo‘lib, Senat faoliyatida samarali qo‘llanilmoqda. 2022 yilda yengil va charm sanoati korxonalarida ishlayotgan ayollarning mehnat huquqlarini himoyalash holatini o‘rganish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga tegishli parlament so‘rovi yuborildi. O‘rganishlar, yengil va charm sanoati korxonalarida ayol- larning mehnat huquqlarini sifatli ta’minlash va mehnatiga munosib haq to‘lash uchun barcha zarur sharo- itlar yaratilib borilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Bunda gender tengligini ta’minlashga asosiy e’tibor berilmoqda. Har bir korxonada ayollarning huquqlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik uchun nafaqat gender muvozanati shakillantirilmoqda, balki tegishli shart-sharoitlar ham yaratilmoqda.
– O‘zbekistonda majburiy va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlaringiz natijasida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2022 yil mart oyida O‘zbekistonga qo‘yilgan paxta boykotini bekor qildi. Fikringizcha, bu voqea mamlakatimiz kelajagi uchun qanday eshiklarni ochadi va ijtimoiy sohada qanday ko‘rsatkichlarga erishamiz?
– Sir emaski, 12 yildan ortiq vaqt davomida paxtamiz boykot ostida bo‘ldi, bu esa ko‘pgina jahon brendlariga O‘zbekiston to‘qimachilik bozoriga chiqishga imkon bermas edi. Ammo demokratik yangilanishlar, milliy iqtisodiyot isloh qilinishi, xususan, tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha choralar, biznesni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘- jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, hududlarni jadal rivoj- lantirish ishlari sezilarli nati- jalar keltirdi.
Paxtaga qo‘yilgan cheklov – boykot bekor qilinishini Prezident tashabbusi bilan paxta-to‘qimachilik sanoatida o‘tkazilgan ko‘lamdor islohotlarning qonuniy natijasi deb tushunmoq kerak. Davlatning qishloq xo‘jalik sohasida ishtirokini qisqartirish, ishlab chiqarish rejasi davlat tomonidan belgilashning bekor qilinishi, paxta yetishtirishda bozor munosabatlariga o‘tish, klaster tizimini yaratish orqali qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, nazorat va mustaqil monitoringni ta’minlash yordamida paxtachilikda ishchi kuchini majburiy va tizimli safarbar etishning oldini olish kabi choralar amaliy foyda berdi.
Ushbu sohada o‘tkazilgan islohotlarning samaradorligi va natijadorligini hisobga olib, 2022 yil 10 martda Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga nisbatan paxta boykotini bekor qilgani haqida rasman e’lon qildi.
Endilikda Inditex Group, MANGO, KIABI kabi yirik xalqaro kompaniyalar va boshqa qator mashhur to‘qimachilik brendlari respublika bozoriga yanada faol chiqmoqda yoki chiqishni rejalamoqda.
– To‘qimachilik sohasida yaqinda o‘tkazilgan islohotlar hamda Milliy komissiyaning Xalqaro mehnat tashkiloti va BCI bilan faol hamkorligi tufayli respublikamizda Better Work va Better Cotton dasturlari rasman boshlanib, qator tadbirlar o‘tkazildi. Bu loyihalar to‘qimachilik sohasi uchun qanchalik muhim?
– Ta’kidlaganimdek, barcha murakkab masalalar hal bo‘ldi, shu bilan birga, o‘zbek paxtasiga boykotning bekor qilinishi – bu muammo yechimining faqat siyosiy qismidir. Shuning uchun ham 2022 yilda Milliy komissiya muvofiqlashtiruvi orqali to‘qimachilik sanoatiga xalqaro brendlar talablariga asoslangan xalqaro texnik standartlar va ishlab chiqarish mezonlarini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qilib, faol amalga oshirmoqdamiz. Unda ijtimoiy, mehnat, ekologik, qayta ishlash va aylanma iqtisodiyot, shaffoflik va kuzatiluvchanlik standartlarini joriy etish belgilangan.
Joriy yil may oyida Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro moliya korporatsiyasining Better Work dasturini amalga oshirish loyihasi ishga tushirildi. Bu dastur O‘zbekiston to‘qimachilik sohasida munosib mehnat standartlari va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, 2023−2024 yillarda Better Cotton hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi o‘rtasida Barqaror rivojlanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
O‘zbekistonda BCI loyihasi paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishni davom ettirish va paxta yetishtirish amaliyotini yaxshilash uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, BCI 2023 yildan boshlab birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda paxtani yetkazib berish zanjirida kuza- tish tizimini joriy etishni rejalamoqda. Bu esa o‘zbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarni Yevropa Ittifoqining yangi talablariga oldindan moslashtirishga imkon yaratadi.
Shuningdek, bu yetakchi jahon brendlarining O‘zbe- kiston bozoriga kirishiga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, millionlab odamlar uchun yangi yuqori texnologiyali ish o‘rinlarini tashkil etish uchun xizmat qiladi.
– Yuqorida aytilganidek, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining aksariyat xodimlari ayollardir. Ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, huquqlarini ta’minlash uchun nimalar qilinmoqda? O‘zbekistonning amaldagi qonunlarida ayollar huquqlari qanchalik aks etgan?
– Ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu masala davlatimizning yangilangan Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi. Unda O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat, deb e’lon qilindi va davlatning o‘z fuqarolari oldidagi qator ijtimoiy huquq va majburiyatlari mustahkamlab qo‘yildi. Shunisi diqqatga sazovorki, respublikaning Asosiy qonuniga kiritilgan me’yorlarning yarmidan ortig‘i inson huquq va erkinliklari, xususan, ayollar huquqlari kafolatlari va himoya mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Bundan tashqari 2023 yil 30 aprelda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi kuchga kirdi, u jinsidan qat’iy nazar barcha xodimlar manfaatlarini himoya qilish va qulay mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Bugun O‘zbekiston katta mehnat zaxiralariga ega. Har yili 600 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga qadam qo‘ymoqda, yaqin 10 yilda bu ko‘rsatkich bir millionga yetadi. Ayollarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi mavqeini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ayollar sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining 77 foizini, ta’lim sohasi xodimlarining 74 foizini, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlari xodimlarining 46 foizini tashkil etadi. Qariyb ikki ming nafar ayollar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbar lavozimlarida ishlamoqda. O‘zbekistonda mehnat zaxiralarining deyarli 44 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozir respublika bo‘yicha 12 mingdan ziyod to‘qimachilik sanoati korxonalari mavjud, ularning 5 mingdan ortig‘i tayyor tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Boshqa tomondan, to‘qimachilik sanoati sermehnat ekanligini inobatga olib, tarmoqda 500 mingdan ziyod kishi band, ularning 80 foizini ayollar tashkil etadi.
Quvonarlisi, bu sohada ayollarni qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga va ayollarning qonuniy huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, hozir tarmoqda ayollar asosan ishchi lavozimlarini bajarishmoqda (yigiruvchi, to‘quvchi, tikuvchi va hokazo). Shuningdek, so‘ngi yillarda ular tsex va bo‘lim boshlig‘i, usta kabi rahbar lavozimlarda ham ishlashmoqda. Keyingi vaqtda direktorlar orasida ham ayollar ko‘paymoqda. Ya’ni, korxonalar rahbarlarining qariyb 40 foizi ayollardan iborat.
Shuni ta’kidlashni istardimki, bugun mamlakatda ayollarga yo‘naltirilgan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida», «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida» va boshqa ko‘plab qonunlar qabul qilinib, samarali ish bermoqda. 2021 yilda mamlakatimizda 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi. Bu hujjat doirasida 2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur qabul qilingan va amalga oshirilmoqda.
Barcha hujjatlarning diqqat markazida – ayollarga tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ularning jamiyatda kamsitilishining oldini olish, ayollarga salbiy munosabatga qarshi choralar ko‘rish, ayollar bandligi, ularning mehnatiga haq to‘lash va mehnat huquqlarini himoyalash bo‘yicha vaziyatni yaxshilash turibdi.
Ayollarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Agar 6 yil muqaddam oliy o‘quv yurtlarida 110 ming qiz o‘qigan bo‘lsa, endilikda ularning soni qariyb 500 ming nafarga yetdi. Bundan besh yil avval bakalavriat tizimida qizlarning qamrovi 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugun 49 foizga yetdi, magistrlik darajasi qamrovi esa 37 foizdan 50 foizga oshdi. Ayollar tadbirkorligiga alohida e’tibor berilmoqda, chunki bu iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishning muhim drayveridir. O‘zbekistonning barcha hududlarida Ayollar tadbirkorligi markazlari tashkil etilgan.
Mazkur chora-tadbirlar ayollarning mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z samaradorligini namoyish etmoqda. Ishonamanki, bu choralar ayollarning to‘qimachilik sohasidagi salohiyatini ham oshiradi. Ayollarning to‘qimachilik sanoatida qarorlar qabul qilish darajasidagi lavozimlarda faoliyat yuritishi sohaning yanada rivojlanishiga yordam beradi.
Eng muhimi, biz bir ayol muvaffaqiyati – butun jamiyat muvaffaqiyati, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu munosabat bilan ishonchim komilki, bizning xotin- qizlarimiz respublika to‘qimachilik sanoatining yanada rivojlanishi va yangi jahon bozorlarini egallashi uchun o‘z hissalarini qo‘shadilar.
– Hurmatli Tanzila Kamolovna, qiziqarli suhbatingiz uchun tashakkur. Sizga mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lidagi barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




