Matbuot anjumanida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Vaxabov Davron Abdujalolovich va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Matbuot hizmati rahbari, Uyushma raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kuchkarova Shaxzoda Yokubjanovna ishtirok etdi.
Har bir chekka xuddudga tashrif buyursangiz aynan to‘qimachilik fabrikalariga ko‘zingiz tushadi. Ohirdi 4 yil ichida Hukumat tomonidan belgilab berilgan rivojlanish strategiyasi bugunga kelib o‘z samarisi berdi. Sanoat korxonalari tadbirkorlikni rivojlanitirishda (8 mingga yaqin korxona), bandlikni ta’minlashda (501,0 mingdan ziyod ishchi-xizmatchilar), ayniqsa ayollar va yoshlarni bandiligi (korxonalarda 60% ortiq ishchilar ayol va yoshlar), chekka hududlarda korxonalar tashkil etishda (har bir tumnada to‘qimachilik korxonalari mavjud), horijiy investitsiyalarni jalb qilishda (3.2 mlrd.doll.), mahsulot eksportida (3.05 mlrd.doll.), qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda (paxta-to‘qimachilik klasterilari va ular orqali so‘nggi 30 yilda qishloq hujaligi texnikalari yangilanishi, paxta xosildorligi oshirilishi, suv tejash tizimlarini joriy qilinishi)ga ulkan xissa qo‘shishdi.
O‘zbekiston yillar davomida paxta resurs markaziga aylanib kelgandi, bugungi kunda biz o‘zimizda yetishtirilgan 3.0 mln.tonnadan oshiq paxtani 100% qayta ishlash quvvatlarini yaratdik va qo‘shni davlatlardan paxta tolasini import qila boshladik.
Bundan tashqari, to‘qimachilik korxonalari respublika hududidan tashqarida qo‘shni davtlar to‘qimachilik sanoatiga investitsiya kiritib yangi korxonalar ishga tushirishdi. Bunda “Nil granit” MCHJ, “Astera tekstil” MCHJlarni misol qila olamiz, ushbu korxonalar qo‘shni Qirg‘iziston va Qozig‘istonda o‘z faoliyatini kengaytirishga erishishdi. Hozircha sanoat tarmoqlari ichida bu natija faqat to‘qimachilik sanoatida amalga oshirildi.
Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda to‘qimachilik sanoati korxonalari urg‘uni aynan tayer mahsulot ishlab chiqarish va uning eksportdagi ulushini oshirishga qaratishdi. Hozirda aralash kalava ip, matolar ishlab chiqarishni kengaytirmoqdamiz. Bundan tashqari djinsi mahsulotlari ishlab chiarilishi kengaytirildi.
Barcha ma’lumki yil boshida Yevrokomissiyasi tomonidan Yevroittifoq xududiga eksportni rahbatlantirish maqsadida GSP+ tizimi tadbiq etildi. Bu yil hisobidan 100 mln.dollardan ortiq mahsulot Yevropaga eksport qilindi. Bu yil Uyushma tomonidan to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirildi. Har bir viloyatda Yevropa bozoriga kirish va xalqaro standartlarning joriy qilish yuzasidan seminar va o‘quv treninglari tashkil etildi. Natijada, bugunga kelib O‘zbekiston organik (eko) paxta ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga qirdi. 9 turdan oshiq xalqaro standartlar
55 ta korxonalarda joriy qilinishiga erishildi. Yana bir quvonarli natija – Posco International korxonasi respublikada GRS (Global Recycled Standard) va RCS (Recycled Claim Standard) olgan birinchi to‘qimachilik kompaniyasi bo‘ldi.
Bundan tashqari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksportini oshirish va sanoat salohiyati bilan tanishish maqsadida ilk marotada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorligida 45 dan ortiq mahalliy korxonalaridan tashkil topgan Savdo Missiyasi Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Polsha kabi davlatlarda bo‘lib V2V, V2S, B2G uchrashuvlar, forumlar, ko‘rgazmalarda ishtirok etib qaytishdi. Natijada, yangi kelishuvlar va shartnomalar imzonlandi. To‘qimachilik korxonalarining ko‘rgazmalardi ishtirok etishi harajatlari ilk marotada to‘liq Xukumat tomonidan qoplab berildi.
2022 yilda Uyushma e’tiborni 3 ta asosiy masalaga qaratishni belgilagan:
- Sanoatda malakali kadrlarni tayerlash va yangi to‘qimachilik oliygohlarini tashkil etish;
- Xalqaro ko‘rgazmalarda o‘zbek to‘qimachilik korxonalari ishtirokini kengaytirish va mahalliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish;
- Yangi bozorlar sifatida Yevropa, Afrika va Amerika bozorlariga eksportni jadallashtirish.
Misol uchun, nega aynan AQSh, Afrika va Yevropa bozorlari?
AQShga 2021 yil yakuni bo‘yicha 2 250 ming dollarlik eksport amalga oshirilgan, AQSh ulkan imkoniyatlarga ega bozor, ahosi soni 332 mln.dan ortiq. To‘qimachilik mahsulotlari iste’moli 27.0 mlrd.dan ortiq.
Yevropa ittifoqiga esa 2021 yil yakuni bilan
135 752.1 ming dollarlik eksport amalga oshirildi, aholi soni 446.0 mln.dan ortiq. To‘qimachilik mahsulotlari iste’moli 250 mlrd.dan ortiq. Dunyoda ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlarining iste’moli 23% aynan Yevropa davlatlariga to‘g‘ri keladi- bu Germaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Gollandiya. Asosan trikotaj mahsulotlari import qilinadi. Ruminiya, Vengriya, Xorvatiya va Polsha davlatlari tez suratlarda to‘qimachilik mahsulotlarni import qiluvchi Yevropa davlatlari qatoriga kirib bormoqda. Aynan ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar bilan hamkorlik kengaytiriladi.
Afrika davlatlari 2021 yil yakuni bilan 32 500 ming dollarlik eksport amalga oshirildi aholi soni 1.2 mlrd.dan ortiq.
Bu bozorlar O‘zbekiston uchun yirik bozorlar bo‘lib 2022 yilda bu bozorlarga eksport xajmi bir necha barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.
- Xorijiy ta’lim muassasalarini jalb qilish
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti xamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining ko‘p yillardan buyon hamkorlikda ishlashi, 2019 yil
9-10 sentyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Ta’lim va fan bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro konfrentsiyada imzolangan bayonnoma va “Yo‘l xaritasi”da filial ochish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda “to‘qimachilik sanoat texnologiyasi (sohalar bo‘yicha)”, “texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv (sohalar bo‘yicha)”, “iqtisodiy xavfsizlik”, “matbaa va qadoqlash” ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilingan.
Frantsiyaning “Parij moda va dizayn” modalar akademiyasi, Rossiyaning Ivanovo davlat politexnika universiteti, Kostroma davlat universitetlari bilan hamkorlikdagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma “To‘qimachilik va matbaa texnologiyalar” fakultetlari bilan xamkorlikda qo‘shma fakulteti ochilgan.
Bugungi kunda tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan:
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti (TTESI):
A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining iqtisodiyot sohalari uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun Toshkentdagi filialiga talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga merchendayzing, massmedia, marketing, innovatika (to‘qimachilik soxasi) va nanotexnologiya (soxalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari;
Xitoy davlatining “Donghua” universiteti bilan xamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda va qo‘shma fakultet ochilishi;
Janubiy Koreyaning Djongbu universiteti bilan “To‘qimachilik va matbaa” fakultet ochilishi;
Stambul Texnika Universiteti (İstanbul Technical University) to‘qimachilik yo‘nalishi;
Quyi Reyn Universiteti (Hochschule Niederrhein) (Germaniya) To‘qimachilik va kiyim-kechak texnologiyasi, Elektrotexnika va kompyuter fanlari, Mashina va texnologik muhandislik, Dizayn, Iqtisodiyot, Sanoat muhandisligi yo‘nalishlari;
Dortmund Texnika universiteti (Germaniya) Dizayn yo‘nalishi;
Vuppertal Berg universiteti University of Wuppertal (BUW) (Germaniya) matbaa, mashinasozlik, xavfsizlik texnologiyalari, sanoat dizayni yo‘nalishi;
Uxan to‘qimachilik universiteti Wuhan Institute of Textile Engineering (WIST) Xitoy, To‘qimachiliu va tikuv sanoati texnologiyalari yo‘nalishlari.
To‘qimachilik sanoati raqamlarda
Sohadagi raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2021 yil yakuni bo‘yicha to‘qimachilik korxonalari tomonidan jami 1,0 mln, 5 ming tonna paxta tolasi qayta ishlandi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 31,9 trln.so‘mni (o‘sish sur’ati – 140,7 foiz), shundan 19,8 trln so‘mlik xalq iste’mol mollari (133 foiz) tashkil etdi. Jumladan, mahsulotlar kesimida ip kalava – 747,0 ming tonna (118,6 foiz), ip gazlama – 510,0 mln kv.metr (125,6 foiz), trikotaj mato – 175,0 ming tonna (146,3 foiz), paypoq mahsulotlari – 293,1 mln juft (114,0 foiz), trikotaj mahsulotlari – 175,0 mln. dona (115,9 foiz) va tikuvchilik mahsulotlari –571,0 mlrd.so‘m (143,4 foiz) miqdorida ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 36 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 566,8 mlrd.so‘mlik tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarildi.
Investitsiya dasturi doirasida 21 ta loyiha bo‘yicha 232,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xajmi 150,6 mln.dollar (rejaga nisbatan 100 foiz) o‘zlashtirildi.
2021 yil yakuniga ko‘ra, 1 250 korxona tomonidan dunyoning 70 ga yaqin davlatlariga jami 3 035,3 mln.dollarga (2020 yilga nisbatan 162,4%). 2021 yil yakuni bo‘yicha ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 55,4%ni tashkil etdi, qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarning ulushlari 44,6% tashkil etib 2020 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 141 foiz.
Mahsulotlar eksportida Rossiya – 32,0% (950,0 mln.doll.), Xitoy – 22,0% (630,0 mln.doll.), Qirg‘iziston – 13,0% (385,0 mln.doll.), Turkiya – 16,0 (460,0 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi.
Hududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 2021 yilda umumiy qiymati 733,2 mln. dollarga (shundan 447,3 mln.doll. xorijiy investitsiya va kredit) teng 85 ta yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirildi hamda 22 000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.
Soliq va bojxona imtiyozlari:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob- uskunalar bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etildi.(VM 352-qarori 04.06.2021 y). Ushbu qaror natijasida natijasida to‘qimachilik korxonalari yillik davrda 380,6 mlrd so‘mlik bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod bo‘ladilar
Ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladi (PQ-5262 20.10.2021 y). Korxonalar yiliga 19,5 mlrd so‘mlik bojxona va soliq to‘lovlarini amalga oshirmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi (PQ-4453 16.09.2019). Buning natijasida korxonalar 6,2 mlrd so‘mlik mol-mulk solig‘ini to‘lashda ozod etiladilar.
Shuningdek, To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish, tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to‘qimachilik galantereyasi ishlab chiqarishga 300 mingdan-10 mln AQSh doll.dan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etgan holda tashkil etiladigan korxonalarga 3-7 yilgacha soliqlar bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati
PRESS SLUJBA
Asssotsiatsii «Uztekstilprom»
+998 71 202 22 44 (137, 187,188)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




