Andijan viloyati Buloqboshi tumanida sentyabr oyida ikkita korxona ishga tushirilishi va umumiy 1 200 ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Bulardan biri INNOPROM doirasida xorijiy investitsiyalar jalb qilingan 1,2 mln AQSh dollarlik loyiha bo‘lib, “MODALLANCE TEX” MCHJ (“Modalina” brendi) tomonidan amalga oshirilmoqda. Korxonada 200 ta ish o‘rinlari yaratilishi natijasida bir oyda 1,5 mln dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Yana biri – 7,0 mln AQSh dollarlik yirik loyha “Xojaobod Fayz M” MCHJ tomonidan ishga tushirilishi va 1 000 ta ishchi jalb qilinishi evaziga 5,0 mln dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




