Xorazm viloyati Bog‘ot yengil sanoat texnikumiga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Turkiya modelini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Turkiyaning nufuzli Egey universiteti, Sakarya universiteti va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandum imzolangan. Ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim hamkorligi, malaka oshirish, talabalar almashinuvi va o‘quv dasturlarni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi.
Bog‘ot yengil sanoat texnikumida 2023-2024 o‘quv yilidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Turkiya tajribasi asosida o‘qitish amalga oshiriladi hamda o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqiladi.
Shuningdek, “HAZORASP-TEXTIL” korxonasida faoliyat yuritayotgan Turkiyalik mutaxassis (Xasan Husayin o‘g‘li-Mudir) bilan hamkorlikda, Turkiya tajribasida Dual ta’lim tizimi va kasbga tayyorlash tizimi bo‘yicha Texnikum bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Texnikumda faoliyat yuritayotgan pedagogik jamoasi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, uchrashuvda to‘qimachilik sohasida olib borilayotgan islohatlar va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishtirildi.
Texnikum xodimlari bilan soha korxonalarida uchrashuvlar tashkil etildi va korxona shart-sharoitlar o‘rganildi va korxona raxbarlari Dual ta’lim tizimi bilan tanishtirildi.
Korxonalarning o‘rta bo‘g‘in kadrlarga bo‘lgan talablari o‘rganildi, loyixalar hisobidan yaratiladigan ish o‘rinlariga kadrlar tayyorlashda Bog‘ot yengil sanoat texnikumi bilan hamkorlik ”Yigiruvchi” kasbi bo‘yicha Dual ta’lim tizimini tashkil etildi.
O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil qilish maqsadida korxonalar (“XORAZM TEX”, “KOBOTEX”, “GREAT COTTON EXPORT”, “HAZORASP-TEXTIL”) bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun amaliyot xonalari tashkil etildi.
Korxona ish jarayoniga ta’sir etmagan holda ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hafta davomida korxona negizida amalga oshirilishi bo‘yicha kelishib olindi. Texnikum o‘qituvchilari tomonidan korxonada tashkil etilgan o‘quv xonalarida nazariy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Osiyo Taraqkiyot banki bilan hamkorlikda “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish doirasida Bog‘ot yengil sanoat texnikum o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, jixozlash, normativ xujjatlar ishlab chiqilish rejalashtirilgan.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda Tadbirlar-Rejasiga muvofiq texnikum o‘qituvchilari va to‘qimachilik sanoati korxonalari bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislari (Turkiya, Xitoy, Koreya) ishtirokida 2023 yil davomida o‘quv-amaliy seminar-trenninglar o‘tkaziladi.

O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




