Avval xabar qilinganidek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish borasida Gesamtmaschening “GUZ Partners” loyihasi doirasida qator seminarlar tashkil etmoqda.
Seminarlarning asosiy maqsadi – Uyushma va korxonalar o‘rtasida aloqalarni takomillashtirish, xizmatlar sifatini va samarasini oshirish, to‘qimachilik dunyosida o‘zbek to‘qimachilik korxonalarining mustaxkam o‘rnini belgilashda ko‘maklashish va media-menejmentni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Uyushma xodimlari ishtirokida bugungi korporativ boshqaruv va menedjment bo‘yicha seminarda dunyoning yetakchi konsalting kompaniyasi InfoAid vakili Sven Eriskatt tomonidan uyushma menejmenti yuzasidan qiziqarli taqdimot namoyishi davomida ushbu masalaning asosiy nuqtalarga e’tibor qaratildi va seminar amaliy jarayon bilan mustahkamlandi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda uyushma faoliyati davomida soha korxonalariga turli masalalarni hal etishda, jumladan, tashqi bozorga chiqish, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, xalqaro standartlarni joriy etish, brending va ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot qilish, moliyalashtirishdan foydalanish va hokazolarda yordam berib kelmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




