Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida to‘qimachilik sanoatidagi aloqalari so‘nggi yillarda jadallashgani sir emas. Davlat rahbarining qo‘shni davlatlar bilan qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan siyosati Qirg‘iziston bilan keng ko‘lamdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga omil bo‘ldi. Va buning natijasida to‘qimachilik sanoatida ham sezilarli natijalarni kuzatish mumkin.
Hozirda, qirg‘iz va o‘zbek to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ishlab chiqarish, investitsiya, moda va ko‘rgazmalar va boshqa yo‘nalishlarda keng ishlar olib borilmoqda.
Qirg‘iziston O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining uchinchi eng yirik iste’molchisi hisoblanadi. So‘ngi 3 yil ichida 771,8 mln.dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lib (2019 yil 92,8 mln.doll., 2020 y. – 284,0 mln.doll., 2021 y. – 395,0 mln.doll.). 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 67,3 mln.doll.( 2021 nisbatan temp 102,3%). Eksport strukturasida 67,1% tayer mahsulotlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pandemiyaga qaramiy Qirg‘izistonga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti kesgin oshganligini kuzatish mumkin.
Qirg‘iziston bilan aloqalarni jadallashtirishda chegara oldi hamkorlikni rivojlantirishga alohida urg‘u berilmoqda. Hususan cheragadosh tumanlarda joylashgan korxonalarning mahsulotlarini Qirg‘izistonga eksport qilish, malakali mutaxassilarni ikki davlat to‘qimachilik korxonalariga keng jalb qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Ayni kunlarda Namangan viloyatida joylashgan “Art Soft Holding” kompaniyasi tomonidan Qirg‘iziston Respublika Jalolobod viloyati Nookent tumanida umumiy qimayti 25 mln.dollarlik – paxta-tozalash zavodi, ip-kalava va tayer kiyim ishlab chiqarish fabrikasi, mashina-traktor parki, va yog‘-moy ishlab chiqarish zavodini o‘z ichiga oluvchi paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Art Soft Holding” MCHJ ma’lumotiga ko‘ra va yangi ishga tushirilishi kutilayetgan fabrika Nookent tumanida bo‘sh yotgan binolarda amalga oshirishi belgilangan va to‘liq ishlab chiqarish zanjirini yaratadi.
Bundan tashqari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qirg‘izistonning to‘qimachilik sanoati tashkilotlari bilan keng aloqalarni o‘rnatgan. Ikkitomonlama anglashuv memorandumlari imzolangan. Ular doirasida qirg‘izistonlik hamkorlar O‘zbekistonga tashrif buyurib, ko‘rgazma va forumlarda faol qatnashib kelishmoqda, ikki davlat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, bilim va ko‘nikmalar bilan bo‘lishish an’ana tusiga aylangan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




