Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi

Korxona binosi qariyb oʻn uch yil qarovsiz yotgan edi. Tadbirkorga “nol” qiymatda berilgach, vaziyat tamomila oʻzgardi. 6,5 million dollar mablagʻ evaziga qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Italiya, Yaponiyadan tikuvchilik va matoga ishlov berish dastgohlari keltirib oʻrnatildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan korxona oʻn kun avval faoliyat boshladi. Bu yerda yiliga oʻrtacha 11 million dona…

Details

Prezident farmoni: Tadbirkorlik subyektlari 1-sentyabrgacha mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va biznesni qoʻllab quvvatlash uchun navbatdagi choralar tasdiqlandi. Prezident “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Unga koʻra, 2020-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi: kichik tadbirkorlik subyektlari; bozorlar va savdo majmualari; kinoteatrlar; umumiy ovqatlanish joylari; jamoat transportlari…

Details

Prezident Sh.Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifining asosiy natijalari

✅ Davlat rahbari Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan turar joy majmualari qurilishini boshlab berdi. ❗️ Suv toshqinidan zarar koʻrgan 4,5 mingga yaqin xonadon egalarining har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan: ✅ 40 million soʻmlik moddiy yordam; ✅ Televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovgʻalar topshirilmoqda. 🏬 Uy-joylari butunlay yaroqsiz…

Details

Buxoroda toʻqimachilik korxonalari faoliyati tiklanmoqda

Buxoro viloyati — yurtimizning tarixiy hududlaridan biri hisoblanib, toʻqimachilik sanoati asrlar davomida rivojlanib kelgan katta maktabga tayanadi. Hozirda Buxoro viloyatida jami 420 ta yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritib, viloyatning iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissalarini qoʻshmoqdalar. Korxonalarda 28 mingdan ziyod aholi doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlangan, shundan 8 mingdan ortigʻi toʻqimachilik sanoatini qishloq xoʻjaligi bilan integratsiyasi mahsuli…

Details

Oʻzbekistonlik shifokorlar aʼlo kayfiyatda Tojikistonga kuzatildi

Kuni kecha bir guruh oʻzbekistonlik shifokorlar Tojikistonga COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish va hamkasblari bilan tajriba almashish maqsadida Dushanbega joʻnab ketishdi. Shifokorlarimizni kerakli himoya vositalari bilan taʼminlash va hafvsiliklarini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrildi. Jumladan, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining “Sharq liboslari” Dizayn markazi tomonidan shifokorlarimiz uchun maxsus dizayndagi, kiyishga qulay yangi kiyim-boshlar turkumi yaratildi va “JAMA STYLE” MCHJ, “ISTIQLOL…

Details

Surxondaryoda yangi trikotaj korxonalari ochiladi

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020-yildagi “Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoatni yana-da rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 266-son qarori qabul qilindi. Sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yana-da rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish hamda mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qumqoʻrgʻon taʼmirlash mexanika zavodi” MCHJning ustav fondidagi 25 foiz…

Details

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan himoya niqoblari endi AQSHda

Avval xabar berganimizdek, respublikada ishlab chiqarilgan himoya niqoblari toʻqimachilik korxonalari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Fransiya kabi davlatlarga eksport qilina boshlangan edi. Endilikda, yurtimizda ishlab chiqarilgan niqoblarni AQSH bozorlarida ham topish mumkin. “XOʻJAOBOD FAZO” MCHJ tikuv fabrikasi 2006-yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Umumiy maydoni 2000 kv.m boʻlgan ishlab chiqarish fabrikasi Andijon viloyati Xonabod tumanida joylashgan boʻlib, trikotaj…

Details

Oʻzbekiston eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlamoqda: Transport xarajatlarining 50% davlat tomonidan qoplab beriladi

Endi qishloq xoʻjaligi, kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlarini xorijga avtomobil va havo transporti orqali eksport qilinganda ham transport xarajatlarining 50 foizgacha qismini davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda 7-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Eksport faoliyatini yana-da qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Tartib joriy yilning 1-aprelidan boshlab amalga oshirilgan eksport uchun amal qila boshlaydi. Prezident…

Details

“Saxovat va koʻmak” tadbirlari davom etmoqda

Urgut tumani hokimligi, “URGUT CHINA CARTONS” MCHJ & “BIBI TEKS” MCHJ, hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman filiali hamkorligida 2-sektor hududida joylashgan “Tersak, Uzunsoy” mahallasida yashovchi “Saxovat va koʻmak”ga muhtoj oilalarning 14 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari shakllantirilgan roʻyxat asosida nogironligi boʻlgan, ehtiyojmand, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va kunlik ishlarda ishlovchi fuqarolarga moddiy yordamlar…

Details

Xotira – muqaddas, qadr – aziz!

Oʻzbek xalqi azal-azaldan tinchliksevar xalq hisoblanadi. II jahon urushi davrida oʻzbek xalqi metin iroda, kuch, sabr va bagʻrikenglik hislatlarini keng namoyon qilgan. Bejiz shu yillarda Toshkentga Tinchlik va Non shahri maqomi berilmadi.   9-mayni Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlab, bu kunning ezgu maqsadi oʻtganlarni yod etish, qariyalar va bemorlar holidan xabar…

Details