Kecha O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yirilish doirasida davlat rahbari yurtimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilar ekan, vaktsinatsiya virusni yengishda samarali chora ekanligini va xalqimizni bu tadbirga jiddiy qarashi muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida xodimlarni emlash boshlab yuborildi.
Kuni kecha Oqsaroy Group da ham ommaviy emlash boshlandi.
Korxona vakillari xabar berishicha emlash Oqsaroy Textile Jizzakh, Oqsaroy Textile, Shahrisabz Textile korxonalarida amalga oshirilgan va 1100 ishchilarning 750 nafari emlangan.
Vaktsinatsiya jarayoni to‘liq malakali shifokorlar ko‘rigi va nazorati ostida oshib borilgan. Vaktsinatsiyaning inson sog‘lig‘iga ta’siri va turli jarayonlar haqida to‘liq ma’lumot yetkazilgan.
Sizchi vaktsinatsiya qabul qildingizmi?
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




