2022-yildan boshlab Andijon viloyatida “Mark Formelli” jahon brendi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, yanvar-iyun oylarida 13187,2 ming dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. Bugungi kunda kompaniyada 650 kishi ishlaydi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida kompaniya bo‘yalgan trikotaj va ip kalava, gul bosish va tayyor mahsulotlar, shu jumladan tikuvchilik, trikotaj va paypoq ishlab chiqaruvchilar orasida muhim o‘rin tutadi.
2023 yil 17 iyul kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati aylanma mablag‘larni ta’minlash, eksport salohiyati va soliqqa tortishni rivojlantirish, shuningdek, yangi savdo bozorlarini ochishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida korxonaga tashrif buyurdi.
Ushbu hamkorlik sanoatning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirishga yordam bermoqda.
Davlat organlari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va sanoat kompaniyalari o‘rtasidagi bunday hamkorlik xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, to‘qimachilik sanoatining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




