Uzoq vaqt pandemiya tufayli Xitoy bilan ikkitomonlama savdo aloqalari sustlashishi kuzatildi. Ayni fursatda mamlakat ochiq va hamkorlikka tayer.
Xozirgi vaqtda O‘zbekistonning ishchi guruhi tarkibida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining rais o‘rinbosari Muxammadjon Djumaniyazov uyushma vakillari bilan 20-22 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifini amalga oshirmoqda.
Tashrif Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, logistika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirishga, hamda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga hamda, O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida V2V uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ayni damda, delegatsiya “O‘zbekiston hududlari va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni” o‘rtasida iqtisodiy, savdo va investitsion hamkorlik iqtiqbollari” mavzusida Forum ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning eng yirik to‘qimachilik bozori bo‘lgan Xitoy bozoriga kirish va ishonchli manbaalarda o‘z korxonangiz haqida ma’lumot taqdim etish uchun China Daily gazetasida maqola berish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan samarali foydalaning.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




