Bugun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi va Xitoyning «BOBUR MF» kompaniyasi vakili Li Syaoyang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar uyushma ishtirokida kompaniyaning mato turlari ishlab chiqarishini kengaytirish, uni bo‘yyash va keyinchalik Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQShga eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat sanoatidagi mavjud vaziyat, asosan tsirkulyarlik, ishlab chiqarish barqarorligi, ishlab chiqaruvchilarning javobgarligi va raqamlashtirishga qaratilgan yangi qoidalar va yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot almashdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




