Buxoro viloyati Vobkent tumanida yangi ish boshlash arafasidagi “Tola klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatida paxta tolasini qayta ishlash, undan ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi korxonada bir kunda 25 tonna paxta qayta ishlanib, ip-kalava olinishi mo‘ljallangan. Zamonaviy dastgohlar Germaniya, Turkiya davlatlarining mashhur yirik kompaniyalaridan keltirilgan. Ayni kunlarda dastgohlar o‘rnatilib, ularning texnik sifati xorij texnologlari nazoratidan o‘tkazilmoqda.
Tuman bandlik markazi tomonidan korxonaga ishga yo‘naltirilgan 30 nafar o‘g‘il-qiz “Ustoz-shogird” an’anasi asosida dastgohlarda ish yuritish, texnik xavfsizlik qoidalarini o‘rganmoqda.
Kelasi oydan faoliyat boshlashi rejalashtirilayotgan yangi korxonada 400 ta ish o‘rni yaratiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




