Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning tarakkiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol maxalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidan kelib chiqqan xolda, 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Davlat dasturida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan bevosita amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 26 ta vazifa belgilangan bo‘lib, mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun uyushma tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ish-reja ishlab chiqilib, ish-rejaga muvofiq, 1-chorak davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan;
- 2022-2026 yillarda ishlab chiqarish zanjirida mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan 225 ta loyihalar ro‘yxati shakllantirildi.
- Tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan mahalliy va brendlarning buyurtmalariga muvofiq 552,0 mln. dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilib, 233,4 mln. dollarlik eksporti amalga oshirildi.
- 8 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 2,1 mingdan ziyod qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etildi.
- Toshkent to‘qimachilik texnoparki negizida Koreya Respublikasi tadbirkorlari bilan hamkorlikda Marketing markazini tashkil etildi.
- Joriy yil yanvar-mart oylarida 12 ming tonnaga yaqin suniy tola xom ashyosi qayta ishlandi.
- Uyushma tomonidan “Control Union” sertifikatsiya kompaniyasi (Niderlandiya) hamkorligida Izmir shahrida (Turkiya) organik paxta yetishtirish va GOTS xalqaro standarti bo‘yicha to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari vakillaridan iborat 25 nafar mutaxassislarga malaka oshirishlari uchun xizmat safari tashkillashtirib, amaliy-o‘quv seminarlari tashkil etildi.
- Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) bilan birgalikda mahalliy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishga moslashgan mustaqil sinov laboratoriyasini yaratish hamda yashil-aylanma iqtisodiyot bo‘yicha mahalliy korxonalarning mutaxassislari bilim va ko‘ninkmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlarni tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
- «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi boshchiligida tarmoq korxonalari Dubay (BAA), Varshava (Polsha), Parij (Frantsiya) va Kiyev (Ukraina)da o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishdi. Ko‘rgazmalar doirasida Milan (Italiya), Barselona, Valensiya (Ispaniya), Parij (Frantsiya) va Bryussel (Belgiya) biznes-tur tashkil etilib, unda yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilib, soha korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishtirildi.
- Dubai Textile Cityga tashrif amalga oshirilib, o‘zaro kooperatsion aloqalarni mustahkamlash yuzasidan muzokaralar olib borildi.
- “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Rossiyaning yirik savdo tarmoqlari va soha korxonalari ishtirokida Rossiyaning yirik bozorlariga kirish va hozirda bo‘shayotgan savdo qismlarini to‘ldirish maqsadida muzokaralar olib borildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




