2021 yilning 8 fevral kuni Navoiy viloyatida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda to‘qimachilik sanoati korxonalarida yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va favqulodda holatlar sodir bo‘lganda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, soha korxonalari xodimlariga yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish, yong‘indan himoyalanish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va yong‘in paytida to‘g‘ri xarakatlanish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT










